Shveysariyada eng kam ish haqi o‘zgardi — dunyoda eng yuqori
Shveysariyaning Jeneva kantonida dunyodagi eng yuqori eng kam ish haqi miqdori belgilandi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.
O‘tgan dam olish kunlari o‘tkazilgan referendumda qatnashgan fuqarolar bir soat uchun eng kam ish haqi soliqlarsiz 23 shveysar franki (21 yevro atrofida) etib belgilanishiga ovoz berishdi.
Shveysariyada standart ish haftasi uzunligi — 42 soat. Demak, eng kam oylik maosh, soliqlarni hisobga olmaganda, 4000 yevro atrofida bo‘ladi.
Maoshlarning oshirilishi 30 ming kishini (ularning uchdan ikki qismi ayollar) qamrab olishi kutilyapti.
Albatta, ish beruvchilarning barchasi ham o‘zgarishlardan mamnun emas, negaki, koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy ahvol chatoq.
Solishtirish uchun: Lyuksemburgda eng kam ish haqi soliqlarsiz — 2142 yevro, Fransiyada — 1539 yevro (qo‘lga tegadigani — 1219 yevro).
Shuni ham hisobga olish kerak, Shveysariya, xususan, Jenevada narxlar juda qimmat. Masalan, bir oylik xonadon ijarasi 2 ming frank atrofida, tibbiy sug‘urta ham o‘ta qimmat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter