Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik para velosportchi jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik para velosportchi jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi

Foto: ParalympicUz

Para velosport bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Shveysariyaning Syurix shahri mezbonlik qilayotgan shosse bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishmoqda.

Kecha musobaqaning erkaklar o‘rtasida T1 klassida 11 km masofaga o‘tkazilgan vaqt poygasi bellashuvlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Aziz Otaxo‘jayev 20 daqiqa 30 soniya natija qayd etib, marraga uchinchi o‘rinda yetib keldi va jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish lozimki, Aziz Otaxo‘jayev ushbu natijasi orqali O‘zbekiston para velosporti tarixida jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan birinchi sportchiga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring