Shvetsiya hukumati Qur’onni tahqirlashga qarshi qonun qabul qilmoqchi
Shvetsiyaning zo‘ravon ekstremizmga qarshi markazi (CVE) Shvetsiya hukumatini jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritib, agar milliy xavfsizlikka tahdid soladigan bo‘lsa, Qur’onni yoqish kabi ommaviy tadbirlarni taqiqlashga ruxsat berishga chaqirdi.
Hozirda Shvetsiyada Qur’onni yoqib yuborishga qonun ruxsat beradi, ular buni so‘z erkinligini ta’minlash sifatida qaraydilar.
«Jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunni tezda o‘zgartirish zarur», – deydi CVE rahbari Jonas Trolle.
Jonas Trollening ta’kidlashicha, Shvetsiya konstitutsiyasi milliy xavfsizlik manfaatlari yo‘lida asosiy huquq va erkinliklarni cheklashga ruxsat beradi, biroq jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonun bunga yo‘l qo‘ymaydi.
«Konstitutsiya milliy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelgan taqdirda rad etishga ruxsat beradi va hozir sodir bo‘layotgan voqealar haqiqatan ham Shvetsiya uchun xavf nuqtai nazaridan unchalik yaxshi emasligi aniq», – deydi Trolle.
U, shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Finlyandiya kabi mamlakatlar tajribasiga ishora qilib, «so‘z erkinligi yetarli darajada yuqori bo‘lsa-da, Qur’onni yoqish mumkin emasligi»ni ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Iroqdan kelgan qochqin Salvan Momika Stokgolmda Qur’onni yoqib yuborgan edi.
Iroq, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Marokash kabi davlatlar Shvetsiya elchilarini chaqirib, Qur’onni yoqish hodisasiga norozilik bildirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter