Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiya Ukrainaga katta yordam ajratyapti

Shvetsiya Ukrainaga katta yordam ajratyapti

Shvetsiya hukumati yaqin orada Kiyevga 1,2 milliard dollarlik harbiy yordam yuboradi. Bu haqda bugun, 30-yanvar kuni Shvetsiya mudofaa vaziri Poul Jonson ma’lum qildi.

«Bu Shvetsiyadan Ukrainaga 18-yordam paketi. Bu, shuningdek, Shvetsiyaning Ukrainaga taqdim etgan eng katta paketidir», dedi shved vaziri payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Reuters xabar berishicha, Shvetsiya Mudofaa vazirligi rahbari ayni paytda hukumat Shvetsiya va Yevropadagi yetkazib beruvchilar bilan Ukrainaga artilleriya va uchuvchisiz uchoqlarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ham ma’lum qilgan.

2024-yilda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson kelgusi o‘n yilga mo‘ljallangan xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolagan edi.

O‘tgan yili Kiyev ham o‘zining ismi oshkor etilmagan Shvetsiya kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurol sotib olish bo‘yicha ilk shartnomani imzolagan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring