Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shotlandiyada «sayyorani qutqarish» uchun daraxtzorlar kesilmoqda

Shotlandiyada «sayyorani qutqarish» uchun daraxtzorlar kesilmoqda

Shotlandiyada qurigan torfzorlarni tiklash va shu bilan sayyorani issiqxona gazlari xavfidan qutqarish uchun archa plantatsiyalarini kesishni boshlandi.

Olimlar bu chora uglerodni saqlab qolish va biologik xilma-xillikni tiklashga yordam berishini ta’kidlamoqda. Bu haqda Sky News ma’lum qildi.

Banloit qishlog‘ining torfzorlarida 1,2 million tonna uglerod bor, bu Shotlandiyaning yillik uglerod miqdorining taxminan ikki foizga teng. Torf tuproqlariga sanoatda archa daraxtlarini ekish yerni zararlagan. Bu esa issiqxona gazlari emissiyasini shu darajada oshirdiki, daraxtlar ularni o‘zlashtira olmaydi.

Ignabargli daraxtlarni kesish Rewilding Europe fondining Bunloit Rewilding loyihasining bir qismi bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, torf botqoqlarini qayta tiklash 100 yil davomida 60 ming tonna uglerodni saqlashga yordam beradi.

Botqoqliklar mintaqadagi biologik xilma-xillikni saqlash maqsadiga muvofiq o‘simlik va faunaning ko‘plab turlari uchun yashash joyiga aylanadi.

Torf botqoqlari, shuningdek, chuchuk suvning tabiiy suv ombori bo‘lib, suv toshqini oqibatlarini yumshata oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring