Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston prezidentligiga kirishdi

Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston prezidentligiga kirishdi

Ashxobodda Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Gulmurod Murodov Berdimuhamedovga prezidentlik guvohnomasini topshirdi. Shundan so‘ng, yangi davlat rahbari konstitutsiyaga qo‘lini qo‘yib, prezidentlik qasamyodini qabul qildi va «Turkmaniston konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Turkmaniston prezidenti zimmasiga yuklangan vazifalarni vijdonan bajarishga» va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Serdar Berdimuhamedov saylovchilarning 72,97 foiz ovozini to‘plab, Turkmanistonning keyingi yetti yillikdagi prezidenti etib saylangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring