Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoraning eng keksa fuqarosi vafot etdi

Sayyoraning eng keksa fuqarosi vafot etdi

Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko‘ra, dunyodagi eng keksa shaxs, fransiyalik Lyusil Rendon 118 yoshida vafot etdi.

U 1904-yil 11-fevralda Fransiya janubida tug‘ilgan. Sayyoraning eng keksa ayoli 119 yoshga yetishi uchun 25 kun vaqt qolgandi. 

Fransiyalik ayol joriy yilning aprel oyida 118 yoshu 73 kunlik bo‘lganida dunyoning eng keksa fuqarosi deb tan olingan edi. U bu maqomga taxminan to‘qqiz oy davomida ega chiqdi.

Ilgari sayyoradagi eng keksa odam 119 yoshida vafot etgan yaponiyalik Keyn Tanaka edi.

Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, fransuz fuqarosi Jan Luiza Kalment (1875-1997) Yer yuzidagi eng uzoq umr ko‘rgan - 122 yil. Erkaklar o‘rtasida o‘ta uzoq umr ko‘rgan kishi yaponiyalik Jiroyemon Kimura (1897-2013) - 116 yosh.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring