«Sariq nimchalilar» Fransiya ko‘chalariga qaytdi
Bugun, 12-sentyabrdan Fransiyaning Parij va boshqa shaharlari ko‘chalarida yozgi ta’til paytida to‘xtab qolgan «sariq nimchalilar» norozilik namoyishlari qaytadan boshlandi.
OAV xabarlariga ko‘ra, namoyishchilar ko‘chalar infratuzilmasiga zarar yetkazib, chiqindi qutilarini yoqib yuborishgan.
Kun yarmiga borib politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketgan. Politsiya ularga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llagan. Parijning o‘zida qo‘lga olinganlar soni 200 kishiga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter