Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgda minglab muhojirlar qo‘lga olindi

Sankt-Peterburgda minglab muhojirlar qo‘lga olindi

Yangi yil arafasida Rossiya politsiyasi Sankt-Peterburg markazida chet ellik uch mingga yaqin odamni hibsga oldi. Bu haqda mahalliy «Fontanka» gazetasi xabar berdi.

«Uch mingga yaqin chet el fuqarolari politsiya bo‘limlariga olib ketildi», — deyiladi yangilikda.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ularning 600 dan ortig‘i Rossiya Federatsiyasi hududida migratsiya qonunchiligini turli xil buzgan holda bo‘lganligi, yuzdan ortiq kishi mamlakatdan tashqariga deportatsiya qilish xavfi ostida bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

«Ularning barchasiga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi», deb yozadi gazeta.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya eng ko‘p o‘zbekistonliklar ishlaydigan xorijiy davlat sanaladi. Ularning miqdori 2-3 millionlarga nisbat beriladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring