Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgdagi portlash oqibatida jarohat olganlar soni 32 nafarga yetdi

Sankt-Peterburgdagi portlash oqibatida jarohat olganlar soni 32 nafarga yetdi

Kecha, 2 aprel kuni Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida jarohat olganlar soni oshdi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

«Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida yuz bergan hodisada 32 kishi jabrlangan, bir kishi halok bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Hozirda jabrlanganlardan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 16 kishining ahvoli o‘rtacha, jumladan, ular orasida 14 yoshli qiz ham bor.

Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburg markazidagi portlashda harbiy muxbir Vladlen Tatarskiy halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring