Salkam 40 yil qamoqda o‘tirgan erkak ozodlikka chiqdi — AQSh
AQShda 1983-yili nomusga tegish va qotillikda ayblanib qamalgan Moris Hastings ozod etildi.
«Nihoyat, men uzoq yillar iltijo qilib kutgan kun keldi», — dedi 69 yoshli Hastings.
Qamalib ketishiga sababchi bo‘lgan odamlarga g‘arazi yo‘q.
«Qolgan umrimdan rohatlanib qolmoqchiman, yagona ilinjim shu», — qo‘shimcha qildi u.
Qurbonning jasadida topilgan biomateriallarning genetik ekspertizasi (uni o‘tkazishga prokuratura faqat 2021-yilga kelib ruxsat bergan) sababli adolat tiklandi.
Haqiqiy qotil 2020-yilda qamoqda vafot etgan — genetik materiallar ekspertizasi buni tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter