Saakashviliga qon quyishdi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ochlik e’lon qilishi natijasida sog‘lig‘i yomonlashgani uchun unga qon quyishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda uning shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze ma’lum qildi.
«Qon quyish yaxshi o‘tdi. Qamoqxona shifokorlari va tez yordam guruhi bizga yordam berishdi. Hozircha hammasi yaxshi», – dedi shifokor.
Kipshidzening so‘zlariga ko‘ra, qamoqxonadagi tibbiyot xonasi bunday amaliyotlar uchun mo‘ljallanmagan va qon quyish deyarli dala sharoitida amalga oshirilgan. Uning fikricha, Saakashvili qamoqxona tashqarisida, klinikada davolanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Saakashvili hibsga olingan kuni, 1 oktyabrda ochlik e’lon qilgandi. Shundan keyin bir necha bor uning ahvoli yomonlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter