Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvili Ukraina iqtisodiyotini falokat kutayotganini bashorat qildi

Saakashvili Ukraina iqtisodiyotini falokat kutayotganini bashorat qildi

Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori, Ukraina islohotlari Ijroiya qo‘mitasi rahbari Mixail Saakashvili «Ukraina 24» telekanali efirida mamlakat iqtisodiyotini yaqin kelajakda muqarrar ofat kutayotganini aytdi. U Ukraina hukumatini «biron narsa qilishga» undamoqda.

Sobiq prezidentning ta’kidlashicha, 2021-yil boshidan mamlakatda ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina tomoni Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) bilan boshqa bitimni imzolasa, iqtisodiyotning «qulashi» bir necha oyga kechiktirilishi mumkin.

«Ammo bu yana bir necha inqirozni kechiktirib turishgagina yetadi. Ijtimoiy majburiyatlar va ish haqini to‘lashda katta muammolar bo‘lishi kutilmoqda. Bunaqasi 90-yillardan beri Ukrainada bo‘lmagan», - dedi Saakashvili.

Eslatib o‘tamiz,Poroshenko hukmronligi davrida «quvilgan» gruziyalikni yangi prezident Zelenskiy fuqarolikka tiklagan va xukumatdagi mas’ul lavozimlardan biriga taklif qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring