Rulda joni uzilgan haydovchi qabr qazayotganlarni bosib ketdi
Yamaykada qurolli shaxs tomonidan otilgan haydovchi mashina boshqaruvida joni uzilib, uch kishini urib ketgan. Bu haqda Jamaica Star nashri xabar tarqatdi.
Politsiyaga ko‘ra, 10-iyul kuni Uestmorlend okrugida yashovchi 46 yoshli Xopeton Styuart o‘zining mashinasida asosiy ko‘cha bo‘ylab ketayotgan edi. Mahalliy vaqt bilan soat 19:30 atrofida u yo‘lda to‘xtaydi. Shu payt noma’lum shaxs unga qarata o‘q uzadi.
Styuart mashinaga yugurib borib, rulga o‘tirishga muvaffaq bo‘lgan va katta tezlikda voqea joyidan qochishga uringan. Ko‘p o‘tmay, mashina boshqaruvni yo‘qotadi va yo‘l bo‘yida qabr qazayotgan uch kishini bosib o‘ldiradi. Politsiya yetib kelganida Styuart rulga tirmashib turar, unda hayot belgilaridan nishona yo‘q edi. Keyinchalik o‘lim sababi bosh qismidagi o‘q jarohati sifatida ko‘rsatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter