O‘zbekiston Prezidenti Yamayka General-gubernatorini tabrikladi. Bu qanday bayram?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Yamayka General-gubernatori Patrik Linton Allenni milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Yamayka mustaqillikka qadar Buyuk Britaniya tarkibida bo‘lgan. 1962 yilning 6 avgustida mustaqillik e’lon qilinadi. Shu bilan birga Yamayka Britaniya millatlar hamdo‘stligi a’zosi hisoblanadi. Ushbu hamdo‘stlikka Buyuk Britaniya va uning sobiq mustamlakalari kiradi.
Yamaykada har yili 6 avgustda Mustaqillik kuni keng nishonlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter