Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning Ukraina urushidagi asosiy maqsadi aytildi

Rossiyaning Ukraina urushidagi asosiy maqsadi aytildi

Foto: RIA «Novosti».

Ukraina xavfsizlik va mudofaa kengashi boshlig‘i Aleksey Danilov BBC nashriga intervyu berdi.

Unda amaldor mamlakatdagi urushga aloqador ayrim faktlarni ochiqlagan. 

Danilovga ko‘ra, Ukrainaga bostirib kirgan dastlabki kunlarda Rossiyaning asosiy maqsadi prezident Vladimir Zelenskiyni o‘ldirish va uning o‘rniga boshqa kishini hokimiyatga keltirish bo‘lgan. 

«Lekin hokimiyatga kelishi mumkin bo‘lgan kishi Medvedchuk ham, Yanukovich ham emas»—, deydi Danilov. 

Zelenskiyni jismonan yo‘q qilishga urinishlar bo‘lgan va ularning oldi olingan.  Dastlabki urinish 22fevral kuni amalga oshishi kerak bo‘lgandi, deydi amaldor.

Eslatib o‘tamiz, avvaroq Zelenskiy Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar zarurligini aytgandi. Shuningdek, mamlakatda Rossiya prezidentining yaqin odamlaridan biri Viktor Medvedchuk qo‘lga olingandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring