Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning Saratovida sodir bo‘lgan YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi

Rossiyaning Saratovida sodir bo‘lgan YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik jabrlandi

Rossiyaning Saratov viloyati Rtishevskiy tumanida sodir bo‘lgan YTHda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlandi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 2-aprel kuni ertalab «Tombov-Penza» R-208 avtomobil yo‘lining 145-kilometrida sodir bo‘lgan. 23 yoshli haydovchi Toyota Vellfire rusumli avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan. 

Saratov viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Oleg Kostinning ma’lum qilishicha, jabrlanganlarning uch nafari – 40, 38 va 26 yoshli fuqarolar bosh miya va yopiq ko‘krak qafasi shikastlanishi tashxislari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

20 va 39 yoshli ikki erkak esa ambulator sharoitda muolajalar buyurilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring