Rossiyaning qo‘shnilari ogohlantiriladi — The Telegraph
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga kiritilgan cheklovlarni chetlab o‘tishida yordam berayotgan davlatlarga nisbatan savdo sanksiyalarini joriy qilishi mumkin, deb yozadi The Telegraph YeI hujjatiga tayanib.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi rasmiylari Rossiyadan Markaziy Osiyo mamlakatlariga kir yuvish mashinalari va eski avtomobillar eksportining o‘sishiga e’tibor qaratgan. YeI avvaliga bu davlatlarni ogohlantirmoqchi, keyinchalik savdo cheklovlari qo‘llanilishi mumkin, deyiladi maqolada.
Yevropa Ittifoqining choralari nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlari, balki boshqa har qanday davlatlarga ham nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Ukrainaga urush ochganidan keyin AQSh va YeI Moskvaga qarshi bir qancha sanksiyalar paketini qo‘lladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter