Rossiyaning bir viloyatida migrantlarga patent berish to‘xtatildi
2024 yil 1 oktyabrdan Nijniy Novgorod viloyatiga vizasiz mamlakatlardan kelgan xorijiy fuqarolarga, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolariga, mehnat patentlarini berish to‘xtatildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Rossiyadagi elchixonasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hududda avvalroq patent olgan fuqarolar mehnat faoliyatini davom ettirishi va zarurat tug‘ilganda mazkur hujjatni qayta rasmiylashtirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter