Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik millioner bloger «hayp» uchun chaqaloqni uloqtirdi

Rossiyalik millioner bloger «hayp» uchun chaqaloqni uloqtirdi

Millioner bloger Sergey Kosenko ijtimoiy tarmoqlarda «mashhur video» suratga olish maqsadida ikki oylik chaqalog‘ini qor uyumiga uloqtirdi.

Deyarli 7 million obunachisiga ega Kosenko avvaliga o‘g‘li Leo ishtirokida video suratga olishini aytadi. So‘ng, «Leoning birinchi parvozi», deb 2024 yil 7 yanvarda chaqaloqni uloqtirgan videosini sahifasiga joylaydi.

Uning bu videosi aksariyat obunachilarining e’tiroziga sabab bo‘lgan.

«Men hatto itlarimni ham shunday uloqtirmagan bo‘lardim ... lekin kimdir o‘z chaqalog‘ini qor uyumiga tashlayapti», deb yozadi ulardan biri.

Boshqa biri esa:

«Mening 4 nafar farzandim bor, shifokorman.

Aytishim mumkinki, bu «qizil chiziq». Agar u tirik bola bo‘lsa, uni uloqtirib yuborish halokatli bo‘lib, jiddiy bosh jarohati — miyasi chayqalgan chaqaloq sindromiga olib kelishi mumkin... Agar qor yuzga, burun va og‘izga tushsa, nafas olish refleksli ravishda to‘xtab qolishi hech gap emas.

Qulash vaqtida bola jiddiy jarohat olishi ehtimoli bor. Bu bolalarga nisbatan shafqatsizlik va sog‘lig‘iga qasddan zarar yetkazish (hech bo‘lmaganda urinish), ularni xavf ostida qoldirishdir...», deb yozadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring