Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga yordam berish KXDRga qimmatga tushmoqda

Rossiyaga yordam berish KXDRga qimmatga tushmoqda

Yevropa Ittifoqi KXDRning to‘qqiz rasmiysi va tashkilotiga qarshi sanksiyalar kiritdi, YeI ma’lumotlariga ko‘ra, ular Ukraina bilan mojaroda Rossiyaga yordam ko‘rsatgan. Bu haqda YeI kengashi bayonotida aytiladi.

«Bugun Kengash Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan amalga oshirilgan sanksiyalardan bo‘yin tovlash harakatlari tufayli qo‘shimcha olti nafar jismoniy va uchta yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalarini buzgan holda yadroviy dastur va ballistik raketalar yaratish uchun mablag‘ ajratayotgan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, sanksiyalar «KXDRning Rossiyaga Ukrainaga qarshi ko‘rsatgan harbiy yordamini hisobga olgan holda» ham kiritilgan.

Bungacha Yevropa Ittifoqining (YeI) sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivan iyun oyi o‘rtalarida Rossiyaga qarshi 14-cheklov paketi qabul qilinishini tan olgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring