Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadagi terakt yuzasidan biryo‘la uch kishi qo‘lga olindi

Rossiyadagi terakt yuzasidan biryo‘la uch kishi qo‘lga olindi

Moskva, Yekaterinburg va Omskda «Krokus Siti Xoll»dagi teraktga aloqadorlikda ayblangan uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Rossiya agentliklari Federal xavfsizlik xizmati ma’lumotiga asoslanib.

Razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan uch kishi konsert zaliga hujum uyushtirganlar uchun qurol-yarog‘ va avtomobil sotib olishni moliyalashtirgan.

Ular biri Rossiya fuqarosi va ikkitasi esa chet el fuqarosidir.

Avvalroq terakt bo‘yicha ishda 10 nafar ayblanuvchi bor edi. Ularning barchasi hibsga olinib, tergov izolyatoriga joylashtirildi.

«Qo‘lga olinganlarning ikkitasi o‘qotar qurol va teraktda qo‘llanilgan transport vositalarini sotib olish uchun pul o‘tkazgan, uchinchisi teraktning sheriklarini yollash va uning ijrochilarini moliyalashtirishda bevosita ishtirok etgan», deyiladi FXXning uch yangi gumonlanuvchi haqidagi press-relizida.

«Krokus»ga qilingan hujumdan bir kun o‘tib FXX direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 11 gumonlanuvchi, jumladan, konsert zaliga hujumda bevosita ishtirok etgan deb taxmin qilingan to‘rt nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar bergandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring