Rossiyadagi muhojirlariga ayrim sohalarda ishlash taqiqlanyapti
Rossiyaning Novogorod viloyatida muhojirlarga alkogol savdosi bilan shug‘ullanish, shuningdek, avtobus va yo‘nalishsiz taksi boshqarish taqiqlandi.
Shunga o‘xshash taqiqlar so‘nggi oylarda Rossiyaning turli hududlarida kuchga kirmoqda.
Jumladan, o‘tgan yili noyabr oyida Tula viloyatida 2024-yilning yanvaridan boshlab xorij fuqarolariga tamaki va alkogol savdosi bilan shug‘ullanish hamda yo‘lovchi tashish va ommaviy ovqatlanish joylarida xizmat ko‘rsatish taqiqlangan edi.
Xuddi shunday taqiq Chelyabinsk viloyatida ham yanvar oyidan kuchga kirgan. Unga ko‘ra, muhojirlar yanvar oyidan boshlab avtobus va yo‘nalishsiz taksi boshqarolmaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter