Rossiyada zaharlangani aytilgan Navalniy samolyotda Germaniyaga olib ketildi
Rossiyalik bloger va muxolifatchi Aleksey Navalniy bo‘lgan samolyot Omskdan Berlinga uchib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Navalniyni politsiya hamrohligida reanimobilda Omsk shahridagi 1-tez tibbiy yordam shifoxonasidan aeroportga yetkazishgan
Samolyot Omsk aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 8.00 da uchgan.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni ertalab Tomskdan Moskvaga uchgan samolyot shoshilinch Omskka qo‘ndi. Blogger parvoz paytida o‘zini yomon his qilgan va samolyot qo‘ngach, reanimatsiyaga yotqizildi. Bemorning ahvoli og‘irlashib komaga tushib qolgan.
Dastlab uning zaharlangani aytilgandi, ammo Omsk shifokorlari bemorning qonida zahar mavjudligini aniqlashmaganini bildirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter