Rossiyada yana 400 ming askar armiyaga yollanishi e’lon qilindi
Rossiyada 1 apreldan armiyaga shartnoma asosida askar yollashning navbatdagi bosqichi boshlanadi.
Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi hududlarga jo‘natgan hujjatda 400 ming kishini askarlikka yollash rejalashtirilayotgani bildirilgan.
Viloyat va mintaqalarga bo‘lib berilgan reja bajarilishi uchun shaxsan gubernatorlar mas’ul bo‘ladi. Chaqiruvda noyob harbiy mutaxassislikka ega bo‘lganlarni, ya’ni zirxli mashina haydovchilari va artileriyachilarni xizmatga ko‘proq jalb etishga harakat qilinmoqda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa «mamlakatda safarbarlikning ikkinchi to‘lqini boshlanishi» to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.
O‘tgan yilning sentyabrida Rossiyada mobilizatsiya e’lon qilinganidan rasmiy xabarlarda so‘ng armiyaga zahiradagi 330 ming kishi chaqirilgani qayd etilgandi, biroq norasmiy xabarlarga ko‘ra, safarbar qilinganlar soni bir necha barobar ko‘p bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter