Rossiyada milliarder va sobiq deputat Volodin qo‘lga olindi
Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida milliarder, xayriyachi va sobiq deputat Dmitriy Volodin pora berganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar huquq-tartibot idorasidagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 21-avgust kuni sodir bo‘lgan. Tadbirkor Rosreyestr xodimiga pora berganlikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tun bo‘yi ish bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borishgan. Boshqa tafsilotlar va holatlar aniqlanmagan.
Ma’lum qilinishicha, Volodin «Spravedlivaya Rossiya» mintaqaviy bo‘limi deputati bo‘lgan. U mamlakatdagi o‘ndan ortiq kompaniyaga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter