Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada izsiz yo‘qolgan muxolifatchining daragi chiqdi

Rossiyada izsiz yo‘qolgan muxolifatchining daragi chiqdi

Rossiyada bir necha haftalardan beri qayerda ekani noma’lum bo‘lib qolayotgan Aleksey Navalniyning daragi chiqdi. 

Aleksey Navalniy Yamalo-Nenets avtonom okrugidagi Xarp qishlog‘idagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasidan topilgan, deya xabar bermoqda siyosatchi jamoasi.

6-dekabr kuni Navalniy o‘z shikoyatlaridan biri bo‘yicha sud majlisiga kelmadi. Uning qayerda ekanligi haqidagi savollarga yagona hujjatli javob bu Federal Jazoni ijro yetish xizmatining (FSIN) 12-dekabrdagi ma’lumotnomasi bo‘lib, unga ko‘ra siyosatchi Vladimir viloyatini tark etgan, bu yerda 19 yillik qamoq jazosini o‘tayotgandi. 

Navalniyning g‘oyib bo‘lishi xususida AQSh tomoni ham tashvishli bayonot bergandi. 

Eslatib o‘tamiz, Navalniy tarafdorlari Rossiyada yangi saylovlar sabab kampaniya boshlagan. Ular 2024-yilda Putindan boshqa istagan nomzodga ovoz berishga chaqirmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring