Rossiyada harbiy samolyot quladi
Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov Korochanskiy tumanidagi aviahalokat haqida ma’lum qildi.
Belgorod viloyatida Il-76 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Voqea haqida gubernator xabar berdi.
Uning qayd etishicha, hodisa Korochanskiy tumanida qayd etilgan. Hozirda voqea joyida tezkor-tergov guruhi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ishlamoqda.
«Men ish jadvalimni o‘zgartirib, hududga bordim. Barcha tafsilotlar keyinroq chiqadi», dedi Gladkov.
Hodisa qurbonlari haqida ma’lumotlar tarqatilmadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 63 kishi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter