Rossiyada halokatga uchragan samolyotda kimlar bo‘lgani aytildi
Rossiya Mudofaa vazirligi Il-76 samolyotining Belgorod viloyatida qulaganini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, qulash oqibatida portlab ketgan Il-76 samolyoti bortida asirga olingan 65 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, 6 nafar samolyot ekipaji a’zosi va 3 nafar kuzatuvchi bo‘lgan.
«24 yanvar kuni Moskva vaqti bilan 11:00 atrofida Il-76 samolyoti Belgorod viloyatida rejalashtirilgan parvoz vaqtida halokatga uchradi. Bortda Ukraina Qurolli kuchlarining asirga olingan 65 nafar harbiy xizmatchisi almashish uchun Belgorod viloyatiga olib ketilayotgandi, shuningdek, samolyot ekipajining 6 nafar a’zosi va 3 nafar kuzatuvchi bo‘lgan», — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Ularning barchasi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter