Rossiyada «Cobalt» xakerlari ustidan hukm o‘qildi
Yoqutistonda «Cobalt» xalqaro jinoiy guruhi Rossiya bank hisob raqamlaridan pul o‘g‘irlaganlikda ayblanib, ular ustidan hukm o‘qildi. Bu haqda «Lenta»ga Saxa-Yoqutiston respublikasi Oliy sud rasmiy vakili Radmila Sun-Sin-Fan xabar bergan.
Sud hujjatlariga muvofiq, 2016-yil mart oyida Odessa fuqarosi, tergov tomonidan aniqlanmagan, rossiyalik Bulaxovga jinoiy guruh faoliyatida ishtirok etishni taklif qiladi. Tashkilot a’zolari himoya tizimini zararsizlantirish, tijoriy banklar mahalliy tarmog‘iga hamda bank ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi qayd etildi.
Rejani amalga oshirish uchun Bulaxov akasi va tanishini firibgarlikka jalb etdi. Shundan so‘ng ular Panama, Litva va Germaniyada joylashgan IP-manzilga biriktirilgan serverlarni boshqaruvchi kompaniyalarni ijaraga olishdi, ularga zararli dasturiy ta’minotni masofadan turib boshqaruvchi, bank xodimlarining noqonuniy qo‘lga kiritilgan autentifikatsion ma’lumotlarini saqlash va tizimlashtirish dasturlarini joylashdi. Bundan tashqari, ayblanuvchilar bankomat dispenserlarini banknotalar berish uchun boshqarish imkonini ulashuvchi maxsus dasturlarga egalik qilishgan.
2017-yili ular Yoqutistonga uchib kelishadi va uch kun ichida Yoqutistondagi banklardan biriga tegishli turli bankomatlardan naqd pul yechib olishadi. Zarar qariyb 21 million rublni tashkil etgan.
Sud Bulaxovni 6,5 yil, akasini 5,5 yil qamoq jazosiga hukm qildi.
«Cobalt» xalqaro jinoiy guruhi xakerlari 2016-yildan buyon faoliyat ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning asosini Yevropa mamlakatlaridan birida yashovchi Rossiya va Sobiq Ittifoq fuqarolari — tajribali dasturchilar tashkil etgan. U Yevropa, Rossiya va Osiyo banklariga hujumlar seriyasi bilan tanilgan. Oqibatda bankomatlar shunchaki pul bergan, maxsus kurerlar esa ularni to‘plagan. «Cobalt» «direktori» va uning yaqin yordamchilari shaxsi hali-hanuz aniqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter