«Rossiya tajovuzi oqibatida 521 nafar bola halok bo‘ldi» – Ukraina Bosh prokuraturasi
Rossiyaning keng ko‘lamli qurolli tajovuzi natijasida Ukrainada 1736 dan ortiq bola jabr ko‘rdi. 2024 yil 27 yanvar kuni ertalabki holatga ko‘ra, voyaga yetmaganlar bo‘yicha prokurorlarning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 521 nafar bola halok bo‘lgan, 1215 nafari turli darajadagi jarohatlar olgan, — deyiladi Ukraina Bosh prokuraturasi xabarida.
Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda eng ko‘p bolalar jabrlangan: Donetsk - 505, Xarkov - 326, Xerson - 146, Kiyev - 130, Dnepropetrovsk - 111, Nikolayev - 101, Zaporoje - 100, Chernigov - 72, Lugansk - 67.
26 yanvar kuni Donetsk viloyatining Mirnograd shahri Rossiya tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 8 va 16 yoshli ikki qiz yaralangan.
Halok bo‘lgan va yaralangan bolalar haqidagi ma’lumotlar yakuniy emas, — deya qo‘shimcha qiladi rasmiy idora, — ularni harbiy harakatlar joylarida, vaqtincha bosib olingan va ozod qilingan hududlarda aniqlash ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter