Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya katta hujumga tayyorlanmoqda: Zelenskiy ogohlantirdi

Rossiya katta hujumga tayyorlanmoqda: Zelenskiy ogohlantirdi

Ukraina qo‘shinlari Rossiya armiyasining yaqin oylarda kutilayotgan yangi yirik hujumiga tayyor emas, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerikaning CBC News teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.

«Bundan oldin biz nafaqat tayyorgarlik ko‘rishimiz, balki vaziyatni barqarorlashtirishimiz ham kerak, chunki sheriklar bundan juda xursand bo‘lishadi», dedi Zelenskiy va Kiyev «hozir yordamga muhtoj» ekanligini ta’kidladi.

Uning fikricha, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, mojaro NATO davlatlari hududiga o‘tadi.

Eng muhimi, Kiyevga Amerikaning Patriot raketa va havo hujumidan mudofaa tizimlari va ko‘proq artilleriya kerak, dedi Ukraina prezidenti.

Uning qayd etishicha, Kiyevga yordam sifatida ajratilayotgan o‘nlab milliardlar AQShning o‘zida qolmoqda. «To‘g‘risini aytsam, Kongress, ma’muriyat tomonidan ajratilgan pul, ko‘p hollarda, bu pulning 80 foizi, ya’ni kamida 75 foizdan ortig‘i AQShda qoladi. Bu o‘q-dorilar bizga keladi, lekin ishlab chiqarish o‘sha yerda amalga oshiriladi», — dedi Zelenskiy va bunday ishlab chiqarishdan olinadigan soliqlar AQShda qolayotganini ta’kidladi.

Avvalroq, Zelenskiy xavfsizlik kengashi kotibini ishdan olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring