Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya IIV saytidan Zelenskiy va Poroshenkoga e’lon qilingan qidiruv olib tashlandi

Rossiya IIV saytidan Zelenskiy va Poroshenkoga e’lon qilingan qidiruv olib tashlandi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi saytidagi qidiruv xizmatidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va sobiq prezident Pyotr Poroshenko haqidagi eslatmalar yo‘qolib qoldi.

Bir muddat oldin Zelenskiy va Poroshenkoga nisbatan e’lon qilingan qidiruv haqidagi ma’lumotlar rus IIVsi rasmiy saytida ko‘ringan edi. Ayrim OAVlar qidiruvga doir ma’lumotlar Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan Donetsk viloyati IIB tomonidan 22 fevral kuni joylashtirilganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Vladimir Zelenskiy va Pyotr Poroshenko Rossiyada qidiruvga berildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirib, vazirlik turli hudud tergov organlarining tashabbusi bilan «texnik sinov» tariqasida qidiruvga oid ma’lumotlarni o‘z veb-saytidan joylashtiriganini ma’lum qildi. Shuningdek, Zelenskiy va Poroshenko ishi bo‘yicha qidiruvga berish to‘g‘risidagi qarorni RF Tergov qo‘mitasi qabul qilganini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring