Rossiya dunyodagi suzib yuruvchi ilk atom elektr stansiyasi (AES)ni sinovdan o‘tkazayapti
Rossiya dunyodagi kemaga o‘xshash suzib yuruvchi ilk atom elektr stansiyasi(AES)ni sinovdan o‘tkazish maqsadida Murmansk shahridagi Barens dengizi sohiliga jo‘natdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
70 mG quvvatga ega ulkan kema Sankt-Peterburg shahridagi «Boltiq» portidan yo‘lga chiqdi. «Green peace» tashkiloti Rossiyaning bu loyihasini «fojiali taklif» deya izohladi.
Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi tomonidan besh yilga yaqin vaqt mobaynida yasalgan dunyodagi suzib yuruvchi ilk AES Sankt-Peterburg shahrida yonilg‘i to‘ldirilib, elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun dengizga chiqarilgan.
Bu loyiha o‘zini oqlasa, 300 ming nufusga ega Murmansk shahri aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Bir yildan keyin bu kema Chukotkaga olib boriladi. 2020-yildan keyin suzib yuruvchi AES xalqaro miqyosda zarur joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Jazoir, Indoneziya, Xitoy, Malayziya va Argentina hozirdan kemani ijaraga olishni rejalashtirayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter