Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirishni bir yarim barobarga oshiradi

Rossiya davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirishni bir yarim barobarga oshiradi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2023-yilda qo‘shimcha ajratilgan budjet mablag‘larini hisobga olgan holda davlat mudofaa buyurtmasini moliyalashtirish hajmini qariyb bir yarim baravarga oshishini aytdi.

«Bu qo‘shinlar va harbiy qismlarni qurol-yarog‘ va texnikaga doimiy shaylikda 97 foiz darajasida ta’minlash imkonini beradi», – deydi vazir.

Shuningdek, u ishlab chiqarishning mumkin bo‘lgan maksimal hajmini saqlashga va qo‘shinlarga qurol-yarog‘ni «avansdan yetkazib berish»ni tashkil etishga chaqirdi.

Forbes jurnali hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyingi to‘qqiz oy ichida Rossiya urushga 82 milliard dollar sarflagan, bu o‘zining yillik budjet daromadlarining chorak qismini tashkil qiladi.

Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Rossiyaning milliy mudofaaga sarflagan xarajatlari 4,7 trillion rublni (77 milliard dollar) tashkil etdi. Vedomostining yozishicha, bu 2022-yil uchun tasdiqlangan miqdordan 1,2 trillion rubl (20 milliard dollar) ko‘pdir.

2023-yilda Rossiya mudofaa uchun deyarli 5 trillion rubl, 2024 yilda 4,6 trillion rubl sarflashni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring