Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya birinchi marta Ukrainada gipertovushli qurollardan foydalanganini tan oldi

Rossiya birinchi marta Ukrainada gipertovushli qurollardan foydalanganini tan oldi

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi birinchi marta Ukrainadagi jangovar harakatlar jarayonida gipertovushli qurollar qo‘llanganini tan oldi. Bu haqda brifingda ma’lum qilingan.

«Gipertovushli aeroballistik raketalarga ega «Kinjal» aviatsiya raketa tizimi Ivano-Frankovsk viloyatidagi katta yer osti o‘q-dorilar omborini yo‘q qildi», — dedi Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkov.

Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari, shuningdek Odessa viloyatidagi elektron razvedka markazlariga «Bastion» raketalari orqali zarba bergan.

2021 yil dekabr oyida Mudofaa vaziri Sergey Shoygu «Kinjal» gipertovushli raketasi bilan bilan qurollangan MiG-31K samolyotlaridan iborat alohida aviatsiya polki paydo bo‘lishini e’lon qilgandi. O‘sha yilning kuzida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat «AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishiga javoban» gipertovushli qurollarni yaratishga kirishilganini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring