Rossiya bilan urush boshlanganidan beri Ukrainani qariyb 370 ming kishi tark etdi — BMT
Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga kirganidan buyon deyarli 370 ming kishi mamlakatni tark etdi va bu raqam tinmay o‘sib bormoqda. Bu haqda bugun, 27-fevral sanasida BMTning qochoqlar masalasi bo‘yicha agentligi (UNHCR) bayonot berdi.
Ukrainadan eng ko‘p odam Polshaga qochib o‘tdi — 187 ming nafar.
«Urushdan jon saqlash maqsadida turli millatga mansub qochoqlar Polshaga kirib kelyapti», — deyiladi Polsha bosh vaziri devonining «Twitter»dagi sahifasida.
Bir kun avval, 26-fevral sanasida BMT qochqinlar soni 100 ming nafar ekanini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter