Rossiya aholisi bir yilda qanchaga kamaygani e’lon qilindi
Rosstatning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya aholisi 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 146 million 203 ming 613 kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 244 ming kishiga kamroq.
2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 146 million 447 ming 424 kishini tashkil etgandi.
Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar aholisi deyarli 109,6 million kishini, qishloq aholisi esa qariyb 36,6 million kishini tashkil etdi.
Rosstatga ko‘ra, ushbu ma’lumotlarga Rossiya tomonidan 2022-yil 30-sentyabrda anneksiya qilingan Ukrainaning to‘rt viloyati aholisi (Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlari) bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar hisobga olinmagan holda taqdim etilgan.
Avvalroq mamlakatda ichkilikka berilganlar soni oshayotgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter