Rosgvardiya generali hibsga olindi
Rossiya gvardiyasi markaziy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor Vadim Dragomiretskiy poraxo‘rlik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida 48 soatga hibsga olindi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 22 mart kuni sud qo‘lga olingan shaxsga nisbatan keyingi ehtiyot chorasi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. General tergovchilarga olingan pullarning bir qismini qaytarib bergan. Unga nisbatan pora olish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
Dragomiretskiy Moskva viloyatidagi harbiy qismlardan birini rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanuvchi pudratchidan muntazam pul olishda gumon qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, general-mayor 19 million rubl olgan.
Rosgvardiya direktori Viktor Zolotovning qaroriga ko‘ra, gumonlanuvchini egallab turgan lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risida hujjatlar qabul qilingan. Dragomiretskiy o‘z aybiga iqror bo‘lib, iqrornoma yozgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter