Rim papasi Fransisk vafot etdi

Rim papasi Fransisk vafot etdi. Bu haqda Reuters Vatikandagi manbalariga asoslanib xabar berdi.
Rim-katolik cherkovining Lotin Amerikadan chiqqan birinchi rahbari Papa Fransisk hayotdan ko‘z yumdi.
U 88 yoshda edi va yaqinda ikki tomonlama zotiljamning og‘ir shaklini boshidan kechirgan edi.
Oy boshida u uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng ommaga ko‘rinish bergandi. Eslatib o‘tamiz, argentinalik Fransisk 2013-yilda papalik lavozimiga kirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter