Reytingda pastlash hukumatga yoqmayapti...
Bugun Tailandda Konstitutsiya kuni. 1932 yilda qabul qilinidan beri o‘tgan yillar davomida u bir necha marotaba o‘zgartirilganiga qaramay, mazkur Konstitutsiya avval qabul qilinib kelingan vaqtinchalik Nizomlar bilan taqqoslaganda salmoqli yuksalish edi.
Zamonaviy Tailandda Konstitutsiya kuni katta bayram sifatida nishonlanadi. Shaharlardagi ko‘plab binolar va uylar milliy ko‘rinishda va turli o‘yinchoqlar bilan bezatiladi. Aksariyat davlat tashkiloti va korxonalar ushbu kunda ishlamaydi, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari odamlarga to‘ladi.
Konstitutsiyada ta’lim olish huquqi ham kafolatlanadi. So‘nggi yillarda ta’lim olish deganda faqatgina maktablar yoki oliy o‘quv yurtlarida tahsil berish emas, balki keng aholini zamonaviy tizimlarni va axborot kommunikatsiyalaridan foydalangan holda axborot olishiga e’tibor qaratish kuchayib bormoqda.
Tailandda o‘quv yili maydan boshlanib, fevralda tugaydi. Ammo pandemiya tufayli bu yil faqat 1 iyuldan darslar boshlandi. Ba’zi hududlarda epidemiologik holat yomonlashsa onlayn rejimga qaytish belgilangan. Koronavirus pandemiyasi sharoitida maktablar masofaviy ishladi, darslar smartfonlar va uy kompyuterlaridan foydalangan holda davom ettirildi.
Ammo yuqori texnologiyalar sohasida jiddiy muammolar kuzatildi va davlat bu sohaga katta e’tibor qaratmoqda.
Noyabrda Tailand raqamli taraqqiyot agentligi mamlakatda birinchi Sun’iy intellekt davlat markazini ochdi. U axborot texnologiyalaridan foydalanish va ma’lumotlarning ochiq manbasini yaratish bo‘yicha maslahat maydonchasi vazifasini o‘tishi kerak.
Markaz shuningdek davlat departamentlari, universitetlar, xususiy komaniyalar, startaplar, yangi texnologiyalar ishlanmalari bo‘yicha o‘zaro almashuv makoni ham bo‘lishi lozim. Hozirda 3 ming davlat xizmatchilari bo‘lib, markaz turli kurslar orqali ularning malakasini oshiradi.
Bu ulkan qadam 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan raqamli transformatsiya bo‘yicha hukumat Yo‘l xaritasining muhim qismi hisoblanadi.
Markaz ijrochi direktori Supot Tiaravutning ta’kidlashicha, hukmat davlat xizmatlarida raqamli taraqqiyotni kuchaytirmoqda, u shaffof bo‘lishi, tez va aniq ishlashi kerak. Aholi uchun hukumat ma’lumotlaridan foydalanish qulay bo‘lmog‘i shart.
Uning tan olishicha, Tailandda hanuzgacha xususiy, davlat va ta’lim sohalarida IT bo‘yicha ekspertlar yetishmaydi, shu sababli mutaxassislarni bu yo‘nalishda o‘qitishga ko‘p vaqt talab etilmoqda.
Oxford Insightsning 2020 yildagi hisoblarida Tailand jahonning 194 mamlakati orasida Hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga tayyorligi indeksi bo‘yicha 60-o‘rinda bormoqda. Vaholanki, o‘tgan yildagidan to‘rt pag‘ona pastlagani ma’murlarning oshig‘ich choralar ko‘rishga undamoqda.
Mazkur indeks to‘rtta – boshqaruv, infratuzilama va ma’lumotlar, bilimlar va ta’lim, davlat va jamoat xizmatlari guruhlariga bo‘lingan 11 ta ko‘rsatkichni qamrab oladi.
Endilikda sifatli davlat xizmatlarini joriy etish uchun ichki ma’lumotlar almashish maqsadida chat-bodilar joriy etiladi, qolaversa, davlat tashkilotlariga murojaat qilish uchun platforma yaratiladi.
Bundan tashqari, o‘qitish tizimini takomillashtirish va yoshlarni xalqaro bilimlarga egaligini oshirish uchun ta’lim vazirligi davlat maktablarida ingliz tilini o‘qitish darajasini oshirish uchun xorijdan yaqin istiqbolda 20 ming o‘qituvchini maktablarda dars o‘tish uchun jalb etish kutilmoqda. Hozirda 7 ming nafar chet ellik ustozlar saboqlab bermoqda.
Xorijiy investitsiyalar uchun o‘ziga xos xabga aylanishni istayotgan Tailand bu maqsad yo‘lida Yaponiya uchun doimiy ravishda katta miqdordagi o‘qituvchilar yetkazib beradigan Kanada bilan faol muzokaralar olib borilayotgani va Vazirlar Mahkamasi tegishli mablag‘larni o‘tkazib bergani e’tibor molik.
200 mingdan ortiq talaba tahsil olayotgan 170 ta oliy o‘quv yurtida ham yangi dasturlar joriy etib borilmoqda.
Qolaversa, xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha ham Chin yurtidan 10 ming o‘qituvchini olib kelish rejasi mavjud. Kelgusida davlat maktablari soni ikki barobar kamaytirilib, 15 mingta tushirilishi ham kutilmoqda.
Bu orqali vazirlik tejalgan mablag‘larni ta’lim sifatiga, standartlarni oshirish uchun resurslar va kadrlarni ko‘paytirishga yo‘naltirish niyatida.
Nargiza Chorshanbiyeva,
matematika fani o‘qituvchisi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter