Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirovning onasi sanksiyaga uchradi

Ramzan Qodirovning onasi sanksiyaga uchradi

AQSh Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga qarshi sansiyalar kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi saytida xabar berildi.

Hammasi bo‘lib, sanksiyalar ro‘yxati Rossiyadan 11 nafar shaxsni qamrab oldi. Anneksiya qilingan Qrimda joylashgan «Artek» xalqaro bolalar oromgohi ham cheklovlarga duch keldi.

Eslatib o‘tamiz, 24-avgust kuni AQSh prezidenti Jo Baydenning Oq uy veb-saytidagi bayonotida Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalar haqida e’lon qilingandi. 

Avvalroq, Qodirov o‘z kuyovini vazir etib tayinlagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring