Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov yaqin qarindoshini oliy orden bilan siyladi

Ramzan Qodirov yaqin qarindoshini oliy orden bilan siyladi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning yaqin qarindoshi, Grozniy merining otasi Shahmomed Qodirovni respublikaning oliy mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Men Checheniston Respublikasining oliy mukofoti bo‘lgan Axmat Qodirov ordenini Grozniy meri Xas-Magomed Qodirovning otasi Shahmomed Abdulhakimovichga topshirdim», — deya yozgan siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shahmomed Qodirov «mintaqadagi beqiyos xizmatlari, shuningdek, Chechenistonning birinchi prezidenti Axmat-Xoji Qodirov ishiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun» mukofotlangan.

Avvalroq Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov prezident xavfsizlik xizmatida ish boshlagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring