Ramzan Qodirov va tish do‘xtirlari bir-birlarini mukofotlashdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Stomatologiyaga qo‘shgan hissasi uchun» I darajali ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda uning o‘zi xabar berdi.
Qodirovga mukofot Grozniydagi 1-stomatologiya poliklinikasi yangi binosi ochilish marosimida topshirilgan.
Ramzan Qodirov marosimga quruq qo‘l bilan bormagan: bosh shifokorni Chechenistonning eng oliy mukofoti — Qodirov ordeni bilan taqdirladi. Orden 750-probali oltindan yasalgan, yoqut, sapfir va brilliantlar bilan bezalgan.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter