Ramzan Qodirov va tish do‘xtirlari bir-birlarini mukofotlashdi
![Ramzan Qodirov va tish do‘xtirlari bir-birlarini mukofotlashdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2383654758.jpg)
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Stomatologiyaga qo‘shgan hissasi uchun» I darajali ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda uning o‘zi xabar berdi.
Qodirovga mukofot Grozniydagi 1-stomatologiya poliklinikasi yangi binosi ochilish marosimida topshirilgan.
Ramzan Qodirov marosimga quruq qo‘l bilan bormagan: bosh shifokorni Chechenistonning eng oliy mukofoti — Qodirov ordeni bilan taqdirladi. Orden 750-probali oltindan yasalgan, yoqut, sapfir va brilliantlar bilan bezalgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/51/85iGOWPkkfceiNAalTCgulMwBhzZuSj2.png)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter