Ramzan Qodirov tuzalayotgani xabar qilindi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirus kasaliga chalingani xabar qilingan edi. Baza telegram kanali tomonidan ma’lum etilishicha, Qodirov tuzala boshlagan.
«Uning tanasi davolash choralarini yaxshi qabul qilmoqda va shifokorlar tez kunlarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga umid qilmoqda. Qodirov kecha, shanba kuni hatto palata bo‘ylab yurgan», — deyiladi xabarda.
Shuningdek Ramzan Qodirov Ramazon hayiti munosabati bilan tabriklashga ham ulgurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter