Ramzan Qodirov kuyovini qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich qizining turmush o‘rtog‘i Visxan Matsuyev Checheniston hukumati rahbari o‘rinbosari va respublika qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘ldi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
«Visxan Matsuyev Checheniston Respublikasi hukumati raisining o‘rinbosari – Checheniston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi», — deyiladi Qodirov bayonotida.
Shu tariqa, Matsuyev Checheniston rahbarining jiyani Ibragim Zakriyevning o‘rniga tayinlandi, u esa avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan boshqa lavozimga o‘tkazilgandi.
Visxan Matsuyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan. Bungacha u Ichki ishlar vazirligining Checheniston bo‘yicha migratsiya boshqarmasi boshlig‘i, otasi Zelimxon Matsuyev esa Ramzan Qodirovning do‘sti va qo‘riqchisi bo‘lgan.
Chechenistonning Naurskiy tumanining sobiq rahbari Magomed Buxadiyev esa mulk va yer munosabatlari vaziri etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter