Ramzan Qodirov ketmaydi, aksincha, «uzoq o‘tirib» rekordni yangilamoqchi
Ramzan Qodirov yaqin orada Checheniston rahbarligidan ketmasligini ma’lum qildi.
Holbuki, u «uzoq o‘tirib qoldim» deb, rahbarlikdan ketish fursati yetganiga shama qilganiga uch kun ham bo‘lmadi.
Qodirov salkam 2,5 million o‘quvchisi bor o‘z telegram-kanalida shunday yozdi:
«O‘sha kuni lavozimimda 15 yil o‘tirganim va hududlar rahbarlari orasida «eng uzoq umr ko‘ruvchisi» ekanim haqidagi xabarga duch kelib qoldim. Bu ko‘p deb o‘ylab, sizlarning fikringizni bilishga qiziqdim. Keyin unchalik ham «umrzoq» emasligimni, 27 yillik rekord borligini aniqladim. Endi, eshiting: men ana shu rekordni urmoqchiman. Qani, ko‘ramiz, bu ko‘rsatkichni yangilay olrmikanman».
Qodirovning niyati jiddiyligini profilidagi fotodan ham ilg‘ash qiyinmas...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter