Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov AQShga murojaat qildi

Ramzan Qodirov AQShga murojaat qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Qo‘shma Shtatlarga Ukraina Qurolli Kuchlari asirlari evaziga uning qarindoshlariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bekor qilishni taklif qildi.

Qodirov Grozniyga bir kun oldin kelgan amerikalik sobiq razvedka xodimi Skott Ritterga asirlar ro‘yxatini topshirgan.

Qodirovning qayd etishicha, Chechenistonda Lugansk va Donetskdan olib ketilgan mahbuslar bor. 

«Agar ular onamdan, qizlarimdan va begunoh odamlardan, otlarimdan... sanksiyalarni olib tashlashsa, keyin biz bu asirlarni topshiramiz. Menga mayli yangi sanksiyalar joriy eting», dedi Qodirov.

«Agar siz ushbu shartlarga rioya qilsangiz, 20 nafar askar o‘z uylariga qaytadi», degan chechen yetakchisi. 

Avvalroq Ramzan Qodirov sog‘lig‘i yomonlashgani bo‘yicha mish-mishlarga izoh bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring