Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov 24 yoshli qiziga katta lavozim berdi

Ramzan Qodirov 24 yoshli qiziga katta lavozim berdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning qizi Ayshat Qodirova bosh vazirning ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Checheniston rahbarining qayd etishicha, qizini ushbu lavozimga tayinlash taklifi respublika hukumati raisi Muslim Xuchiyev tomonidan ilgari surilgan.

«Men Muslim Xuchiyev taklifini ma’qulladim. Ayshat Qodirova Madaniyat vazirligining hududiy faoliyatini takomillashtirishga katta hissa qo‘shgan va katta ish tajribasini to‘plagan», — degan Ramzan Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Ayshat Qodirova 2021 yil oktyabridan Checheniston madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring